SportUz.Net
photo photo

Bugun SHahobiddin Zoirov Dubayda ringga chiqadi. 5-raundgacha nokaut qilgan bokschi 1 mln dollarni qo'lga kiritadi

06.12.2024 07:39    


Rasmni yuklab olish

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi "The Agenda" majmuasida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida charm qo'lqop ustamiz SHahobiddin Zoirov ham ringga ko'tariladi. 31 yoshli hamyurtimizga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qiladi. 

Eng engil vazn toifasida tashkil etiladigan jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi. Bundan tashqari, jangning 5-raundigacha nokaut orqali g'olib bo'lgan bokschi IBA prezidenti Umar Kremlyov tomonidan 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo'ladi.

Eslatib o'tish joiz, Zoirov so'nggi jangini oktyabr oyida aynan IBA Pro tasnifidagi musobaqa doirasida ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Bu ispan bokschisini avvalroq, Toshkentdagi turnirda Hasanboy Do'smatov ham mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: