Musobaqaning asosiy kardi doirasida yarim og'ir vazn toifasida shveycariyalik aralash yakka kurash ustasi Volkan Ozdemir oktagonga ko'tarildi.
35 yoshli sportchiga turnir doirasida Yangi Zalendiya vakili Karlos Ulberg raqiblik qildi.
3 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Ulberg zafar quchdi.
SHu tariqa, Ozdemir faoliyatidagi 28-jangida o'zining 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi, Ulberg esa 12-jangida 11-g'alabasini tantana qildi.
Eslatib o'tamiz, Volkan Ozdemir 2023 yil sentyabr oyida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov bilan jang qilib, nokaut orqali g'alaba qozongan edi.