SportUz.Net
photo photo

Volkanovski Makgregor va Pore jangiga taxmin bildirdi

25.06.2021 19:00    


Rasmni yuklab olish

Yarimengil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski tez orada o'tkazaladigan Dastin Pore va Konor Makgregor o'rtasidagi uchinchi jang haqida taxmin bildirdi.

"Konorni baribir xavfliroq deb bilaman. Uchinchi jangda Konor nokaut qayd etishi mumkin. Makgregor bu safar jang kartinasini belgilab beradi. To'g'ri, oyoq zarbalari ikkinchi jangda Konorga katta muammo tug'dirdi. Lekin, Konor uchinchi jangda albatta Dastinni nokautga uchratishiga ishonaman", -dedi Aleksandr Volkanovski.

Eslatib o'tamiz, Dastin Pore va Konor Makgregor o'rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 11 iyulning tongida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: