Hozirda og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari britaniyalik Tom Aspinallga tegishli bo'lib turibdi.
"Men Aspinall bilan jangga ahamiyat qaratmayapman. Menga Aleks Pereyra kerak. Bu men istagan jang. Agar UFC meni olib qolmoqchi bo'lsa, shu jangni men uchun tashkil qilib berishi kerak. Men o'z rejamni aniq aytdim. Endi hamma gap UFC rahbarlarida qoldi. Buning uchun kerak bo'lsa, men og'ir vazndagi kamarimni egasiz qoldiraman.
Menga superjanglar kerak. Ortiq yangi jangchilar bilan urushmayman. Men xavfli chempionlar bilan jang qilmoqchiman. Tom og'ir vazndagi UFC chempionlik kamarini olib ketishi mumkin. Menga farqi yo'q. Menga yarimog'ir vazn chempioni Aleks Pereyrani bering. Bu men istayotgan yagona jang.
Balki, muxlislarga bu yoqmas, lekin men o'z qarorimni aytdim. Xohlasangiz, meni qo'rqoqlikda ayblang. Agar bugun jangim so'nggisi bo'lsa, unda roziman. CHunki men o'z prezidentim Donald Tramp oldida kamarimni himoya qildim", - dedi Jons.