"Jeyk Pol, mutlaq jahon chempioniga qarshi jangda qo'lingdan nimalar keladi? SHunchaki, men takliflarga ochiq ekanimni bilib qo'yganing yaxshi", - dedi rossiyalik jahon chempioni.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Jeyk Pol kecha 58 yoshli afsona Mayk Taysonni ikki daqiqadan sakkiz raund to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchib, faoliyatidagi o'n birinchi g'alabasini qo'lga kiritgan edi. Jangdan keyin Pol keyingi raqibi sifatida meksikalik afsona Saul "Kanelo" Alvaresni ko'rish istagida ekanini aytgan edi.