SportUz.Net
photo photo

Sobiq UFC chempioni Stipe Miochichdan kutilmagan qaror!

17.11.2024 15:00    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Stipe Miochich bugun UFC 309 turnirining asosiy jangida amaldagi kamar sohibi Jon Jonsga qarshi oktagonga chiqdi.

Uchinchi raundda Jon tajribali raqibini nokautga uchratdi. Stipe jangdan keyin Jo Roganga intervyu berdi va unda faoliyatii yakunlaganini elon qildi.  

"Men yutqazdim va bu juda yomon holat. Raqibim oktagonda yaxshi sport formasida bo'lishini bilgandim. U tarixdagi eng zo'rlaridan. O'z o'rnida men ham bu jangga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgan edim. O'zimni yaxshi his qilib turgandim. Jons tomonidan berilgan bu zarbani oldindan bilib, qaytarishga tayyor edim. Ammo zarba blokdan o'tib, to'g'ri qovurg'amga tegdi. Hammasi kutilgan va bunga tayyor bo'lgandim. Nachora, Jonsni g'alaba bilan tabriklayman. U o'z ishini qildi va g'alaba qozondi. Uning yonida shlyapamni echaman va kelgusi janglarida omad tilayman. Men uchun esa hammasi tugadi. Qo'lqoplarimni mixga ilish fursati etdi. Ha, bugungi jang bilan faoliyatimni yakunladim. Hammasi uchun Yaratganga shukur!", - dedi amerikalik 42 yoshli Miochich. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: