SportUz.Net
photo photo

Qarshida Hokim sovrini uchun professional boks oqshomi o'tkazildi + FOTOGALEREYA

17.11.2024 12:06    


Rasmni yuklab olish

Kecha tunda Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun professional boks turniri tashkil etildi.

Ushbu oqshomdan jami 10 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning 6 tasi muddatidan avval yakunlandi. Turnirning markaziy jangi buxorolik Azamat Ergashev hamda mezbonlar vakili Bahrom Davurov o'rtasida kechdi. Olti raundlik jang ikkinchi raunddan so'ng to'xtatildi. Ergashevning sekundantlari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. 

Andijonlik Abdulhamid Azimov hamda buxorolik Rahmatillo SHarifov o'rtasidagi jangda durang natija qayd etildi. Qarshidagi boks oqshomida Normurod Sultonov (Qarshi), Ayyubxon Baxtiyorov (Andijon), Hojiakbar Hamidov (Qarshi), Farrux Jo'raev (Qarshi), Hayitbek Po'latov (Farg'ona), Ozodbek Nuriddinov (Namangan), Asadbek Solijonov (Andijon), Abduvali Bo'riboev (Andijon) raqiblaridan ustun kelib, g'alaba nashidasini surishdi. 

Markaziy jang g'olibi Bahrom Davurov 10 million so'm pul mukofotini ham qo'lga kiritdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: