SportUz.Net
photo photo

Hasanboy Do'smatovni tabriklaymiz!

24.06.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov o'zining tavallud kunini nishonlamoqda.

Malumot uchun, o'zbek boksi yulduzi Hasanboy Do'smatov 1993 yilning 24 iyun kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. Andijon davlat universitetini bitirgan. O'zbek boks maktabining dunyo miqyosidagi kuchli yulduzlaridan biri hisoblanadi. Olimpiadaning eng yaxshi bokschisiga beriladigan "Vel Barker" kubogi sohibi.

Erishgan yutuqlari:

2009 - SHonazarov F. xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir chempioni (Qozog'iston)

2011 - Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempioni

2012 - Makar Mazay xotirasiga bag'ishlangan 46-xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2012 - O'zbekiston chempioni

2013 - O'zbekiston kubogi sohibi

2013 - To'rt millat kubogi g'olibi (Qozog'iston)

2013 - Nikolay Manger xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (Ukraina)

2014 - CHecheniston Respublikasi Prezidenti Axmad Qodirov xotirasiga bag'ishlangan turnir g'olibi (Rossiya)

2014 - Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi (O'zbekiston)

2015 - Chemistry Cup turniri g'olibi (Germaniya)

2015 - Osiyo chempioni (Tailand)

2016 - Olimpiada chempioni (Braziliya)

2017 - Osiyo chempioni (O'zbekiston)

2017 - Jahon chempionati kumush medal sohibi (Germaniya)

2018 - Osiyo o'yinlari kumush medal sohibi (Indoneziya)

2018 - O'zbekiston chempioni

2019 - "Buyuk ipak yo'li" turniri - bronza medali

Bugungi kunda professional boksda faoliyat olib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, saytimiz jamoasi va muxlislari nomidan Hasanboyni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga endi professional boksdagi eng ulkan yutuqlarni tilaymiz!




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: