Faqat tashkilot buning uchun bokschi oldiga shartlar qo'ygan.
21 dekabr kuni o'tkaziladigan Naoya Inoue va Sem Gudman o'rtasidagi jang g'olibi (durang bo'lgan taqdirda Inoue) Ahmadaliev bilan (agar Murodjon 14 dekabr kuni Espinoza Frankoni mag'lub etsa) jang qilishi kerak.
Jang Inoue - Gudman to'qnashuvidan so'ng 120 kun ichida bo'lishi lozim. Jangdan so'ng g'olib WBAga Ahmadaliev bilan jang masalasida murojaat qilishi lozim. Bu majburiyat bajarilmasligi WBA kamaridan mahrum qilinishiga olib keladi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 14 dekabr kuni reytingda 13-o'rinni egallab turgan Espinozaga qarshi vaqtinchalik WBA kamari uchun jang o'tkazadi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor