Ruslan Abdullaev ham boshqa o'zbek bokschilari singari AQSHda aka-uka Diaslar bilan hamkorlik qilmoqda + FOTO
23.10.2024 15:21
516
Rasmni yuklab olishAvvalroq, o'zbekistonlik bokschi, 2023 yilgi Jahon chempioni Ruslan Abdullaev Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.
Abdullaev u erda prof boksdagi faoliyatini yo'lga qo'yish va havaskor boksda navbatdagi musobaqalar uchun tayyorgarlik ko'radi.
Malum bo'lishicha, Ruslan ham qolgan o'zbekistonlik bokschilar singari Joel Dias murabbiyligi ostida janglarda ishtirok etadi. Uning AQSHdagi debyuti qachon bo'lishi hozircha nomalum.

Do`stlarga yuboring: