SportUz.Net
photo photo

Hasanboyning ukasi Faryozbek Do'smatov prof boksdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

17.10.2024 11:48    


Rasmni yuklab olish

Koreya Respublikasining Seul shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Musobaqa doirasida bir qancha o'zbekistonlik bokschilar, jumladan, ikki karra Olimpiada o'yinlari g'olibi Hasanboy Do'smatovning ukasi Faryozbek Do'smatov ringga ko'tarildi.

20 yoshli charm-qo'lqop ustasiga prof boksdagi uchinchi jangida Sang Hyon Oh (9-4-1) raqiblik qildi. 55 kg vazn toifasida tashkil etilgan jang to'liq 8 raund davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra hamyurtimiz g'alaba qozondi.

Bu Faryozbekning prof boksdagi uchinchi g'alabasiga aylandi.

Musobaqa doirasida jang qilgan boshqa hamyurtlarimiz natijalari bilan tanishing:

Engil vaznda: Sirochbek Ismoilov (7-0) - Ji Sub Oh (Koreya Respublikasi, 8-1-1), (2-raundda KO)

Yarim engil vaznda: SHahzodbek SHarobiddinov (7-2-0) - Yang Ji Kim (Koreya Respublikasi, 7-2-0), (8-raundda TKO)

O'rta vaznda: Egamberdi Nuriddinov (6-0-1) - Manish (HindistonYU 6-2-1), (2-raundda TKO).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: