SportUz.Net
photo photo

Murodjon Ahmadaliev jamoasi IBF'ga shikoyat bilan chiqib, Naoya Inouega murojaat qildi

17.10.2024 10:09    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik professional bokschi, sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadalievning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo'layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.

"Biz bu reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo'lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy davogar bo'lib kelgan va buyruqqa ko'ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy davogar bilan bo'lishi kerak.

Biz WBA'dan majburiy himoya jangini tashkil qilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA'ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko'ramiz.

Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo'lsa, biz uning Ahmadalievdan boshqasi bilan jang qilishiga to'sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo'layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadalievning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz", deb yozdi Inglish.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: