SportUz.Net
photo photo

Fyurining murabbiyi Usikdan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi

17.10.2024 08:06    


Rasmni yuklab olish

Tayson Fyurining murabbiyi Endi Li Aleksandr Usikka qarshi jangdagi mag'lubiyat sababini aytdi.

"Tayson aqlbovar qilmas jasorat ko'rsatdi. U so'nggi ikkita raundda g'alaba qozondi. Men durang bo'ladi deb o'ylagandim. 

Janglar mashg'ulotlar sabab yutiladi va yutqaziladi. Tayson qoshdagi jarohat sabab mashg'ulot lageri vaqtida sparring qila olmadi. Revanshda barchasi boshqacha bo'ladi. CHunki revansh oldidan u sparring tusha oladi", - dedi Li. 

Eslatib o'tamiz, Usik va Fyuri o'rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: