
"Isroil juda zo'r va istedodli bokschi, havaskordagi faoliyati ham yaxshi natijalarga boy. U Olimpiya boksida ajoyib natijalar ko'rsatdi va professionallar bilan yaxshi ishladi.
U faqatgina Kroufordga mag'lub bo'lgan, ammo amerikalik bokschi jangda Isroildan kuchliroq edi va g'alaba qozongan edi deb o'ylamayman. U referi qo'lini ko'tarishi uchun hech narsa qilmadi. Men uchun o'sha jangda Madrimov haqiqiy chempion bo'lgandi.
Uning juda munosib raqiblari bor edi. Men uchun u bilan jang juda yaxshi tajriba bo'ladi. Biz chempionmiz", dedi Sergey.
Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk jangi 21 dekabr kuni Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi revansh jangining anderkardida bo'lib o'tadi.