SportUz.Net

WBO Madrimovning vaznidagi chempion - Fundoradan kamarni olib qo'yishi mumkin

15.10.2024 09:15    


Rasmni yuklab olish

WBO tashkilotining etakchi advokati Gustavo Oliveri super yarimo'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundoraga oid yangilikni elon qildi.

Unga ko'ra, Fundora agan keyingi jangini yarim o'rta vazn toifasida sobiq chempion Errol Spensga qarshi o'tkazsa, u WBO kamaridan mahrum qilinadi.

Sebastyanning keyingi raqibi WBO reytingining kuchli 15taligidan joy olgan bo'lishi kerak.

"Fundora WBO qoidalariga rioya qilishi va reytingdagi raqibga qarshi jang qilishi kerak. Bu juda oddiy. Spensning jamoasi yoki uning vakillari, albatta, peticiya qilishlari va nima uchun u jahon reytingida etiborga olinishga loyiqligi haqida bahslashishlari va kuchli 15 talikka kirish imkoniyatini talab qilishlari mumkin", dedi Oliveri.

Agar WBO Spensni kuchli 15 talikka kiritsa va jangga ruxsat bersa, Fundora navbatdagi jangini majburiy davogar maqomidagi Terens Kroufordga qarshi o'tkazishi shart bo'ladi.

Agar Krouford boshqa bokschi bilan jang qilishga qaror qilsa, u WBO yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar maqomidan ayriladi.

Avvalroq Krouford va Fundora jangni 2025 yilning ikkinchi yarmiga ko'chirishga kelishib olgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: