SportUz.Net
photo photo

"Ko'rinib turibdiki, taslim bo'lmoqchi emassan". Murodjon Ahmadaliev Bektemirning hozirgi holati haqida xabar berdi

21.06.2021 14:40    


Rasmni yuklab olish

Bektemir Meliqo'ziev Indioga qaytdi. Bu haqda Murodjon Ahmadaliev Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda.

"Do'stim safardan qaytdi va kunni birga o'tkazdik, dildan suhbatlashdik. Alhamdulillah, ko'rinishing va kayfiyating yaxshi. Ko'rinib turibdiki, taslim bo'lmoqchi emassan.

Har qanday mag'lubiyat, aslida saboqdir. Ishonchim komilki, bu saboqdan tegishli xulosalar chiqarasan va tez orada yanada katta kuch bilan yonimizga qaytasan. G'alabalar va mag'lubiyatlar faqat Allohdandir", - deya post qoldirdi MJ KAKA Ahmadaliev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: