SportUz.Net
photo photo

Ana xolos! Mirafzal Axtamovning amerikalik raqibi jangdan chiqdi

07.10.2024 10:45    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov 19 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'zining navbatdagi jangini o'tkazishi kerak.

LFA 194 musobaqasi doirasida hamyurtimizga amerikalik Sedrik Gunnison raqiblik qilishi kerak edi. Lekin Mirafzalning xabar berishicha, Gunnison nomalum sababga ko'ra, jangdan chiqqan. Tez orada Axtamovning yangi raqibi elon qilinadi yoki jang bekor qilinadi.

Avvalroq, Mirafzal Axtamovning avgust va sentyabr oylaridagi janglari ham bekor bo'lgandi. U so'nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni LFA 172 musobaqasi doirasida Keyt Dousonga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi.  Uning hisobida 6 g'alaba va 1 durang bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: