SportUz.Net
photo photo

Doston Bozorov qozog'istonlik jangchiga: "Bizning qonda kimdandir qochish yo'q!"

05.10.2024 13:21    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA jangchisi, engil vazn toifasida Octagon League chempioni Doston Bozorov qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Sayat Abdualiga javob qaytardi.

"Bizning qonda kimdandir qochish degan tushuncha yo'q! Agar sen mening ismimni tilga olgan bo'lsang, ko'ramiz, o'z chaqiruvingga qanchalik javob bera olar ekansan? Ikkimiz ham bilamiz, qalbingni tubida sen bu jangni umuman xohlamaysan. Hozircha navbatda tur, sen avatar emas, shvabrasan. Men sen bilan oktagonni artaman", dedi Bozorov.

Eslatib o'tamiz, Doston Bozorov ertaga Olma-Ota shahrida tashkil etiladigan Octagon 64 turniri doirasida braziliyalik Gilerme Neresdan chempionlik kamarini himoya qiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: