SportUz.Net
photo photo

"Bazida kuchlilar ham shunday sinovlardan o'tishiga to'g'ri keladi". Boksimiz yulduzlari Bektemirni qo'llab-quvvatlamoqda

20.06.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun Bektemir Meliqo'ziev AQSHda ringga ko'tarildi.

Afsuski, bokschimiz prof boksdagi ilk mag'lubiyatini amerikalik Gabriel Rosadodan qabul qildi. Ushbu holat barcha o'zbek boksi muxlislarini ranjitdi. Biroq, kutilmagan mag'lubiyatga nisbatan negativlar bo'layotgani yo'q, aksincha hamma bokschimizni yanada kuchli bo'lib qaytishiga ishonch bildirmoqda. SHu jumladan, boksimiz yulduzlari ham Bektemirni ijtimoiy tarmoqlar orqali qo'llab-quvvatlashmoqda:

To'lqin Qilichev:

"Bu - sport, g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Biz sen bilanmiz, sen bundan ham kuchliroq bo'lib qaytasan. Hammasi oldinda, biz seni yaxshi ko'ramiz, hammasi Allohdan".


Murodjon Ahmadaliev:

"Mag'lubiyat ham, g'alaba ham Allohdan. Bazida kuchlilar ham shunday sinovlardan o'tishiga to'g'ri keladi. Seni nimaga qodir ekanligingni biz yaxshi bilamiz. In SHaa Alloh, oldinda chiroyli g'alabalar kutyapti, hali bu mag'lubiyat yutuqlaringning soyasida qolib ketadi".


SHahram G'iyosov:

"Biz sen bilan ukajon, hali hammasi oldinda. Kuchli bo'lib qaytishingga ishonamiz".


Isroil Madrimov:

"G'alaba va mag'lubiyat bu - Allohdan. Biz sen bilan, Bektemir! In SHaa Alloh, katta g'alabalar oldinda".


Bahodir Jalolov:

"G'alaba ham mag'lubiyat ham yonma-yon. Biz senga ishonamiz, ukajon".


Fazliddin G'oibnazarov:

"In SHaa Alloh, hammasi yaxshi bo'ladi. Xalqimiz har doim siz bilan birga".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: