SportUz.Net
photo photo

Rasman. UFC Nursulton Ro'ziboevning Xoakin Bakliga qarshi jangini tasdiqladi + POSTER

26.04.2024 03:57    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jangi aniq bo'lib ulgurdi.

Ro'ziboev 12 may kuni AQSHning Sent Luis shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Nigt turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni yarim o'rta vazn reytingining 11-o'rnini egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli raqiblik qiladi.

Jang turnirning co main event bellashuvi bo'ladi.

Biroz oldin UFC mazkur jangni rasman tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev bungacha UFC'da ikkita jang o'tkazib, har ikkisida birinchi raunddayoq raqiblarini nokautga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: