SportUz.Net
photo photo

Islam Maxachev Arman Carukyanining "sirlarini" fosh qildi

25.04.2024 17:57    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda UFC chempioni Islam Maxachev uni ko'p bora jangga chorlagan Arman Carukyan aslida bir necha bor jang taklifini rad etganini aytdi.

Avvalroq, Carukyanga 2 iyun kuni UFC 302 turniri doirasida Islam Maxachev bilan jang qilish taklifi berilgan edi, biroq Carukyan bu jangni rad etgan.

"Arman jangni qabul qilmaganiga hayron bo'lmadim. U butun umri davomida men bilan revansh jangini o'tkazish haqida gapiradi. Aniq esimda yo'q, lekin men bilan jang qilish uchun unga uchinchi yoki to'rtinchi imkoniyatni berishdi, lekin u doimgidek yo'q dedi. UFC menga UFC 300 turniridan keyin raqib berilishini aytdi, lekin agar Carukyan Oliveyrani mag'lub etsa, men bilan jang qilishga rozi bo'lmasligini bilardim. SHuning uchun men bundan hayron emasman", dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: