SportUz.Net
photo photo

CHempion Leon Edvardsning navbatdagi jang tafsilotlari malum

25.04.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Leon Edvards o'z vatanida o'tkaziladigan turnirda oktagonga chiqadi.

Britaniyalik chempion Manchester shahrida tashkil etiladigan UFC 304 turnirida divizion reytingining ikkinchi pog'onasidan joy olgan Belal Muhammadga qarshi jang o'tkazadi. Bu haqda Leonning murabbiyi Deyv Lovell xabar berdi.

"SHavkat, Xamzat va Islam variantlari taklif etildi. Lekin bu amalga oshmadi. Bo'ladigan ish bo'ldi. Biz UFC 300 turnirida jang qilishni juda ham xohlagandik. Endi oldinga qarab yuramiz. 99.9% aminmanki, keyingi jangimiz Manchesterda Belalga qarshi bo'lib o'tadi", - dedi britaniyalik mutaxassis.  

Malumot uchun, Edvards va Muhammad o'rtasidagi jang revansh maqomida bo'ladi. 2021 yilning mart oyida ular o'rtasida yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilgan jang o'tkazilmagan deya topilgandi. O'shanda britaniyalik jangchi ikkinchi raundda raqibining ko'ziga qo'lini tiqib olgandi. Buning natijasida Belal jangni davom ettira olmagan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: