SportUz.Net
photo photo

Bektemir Meliqo'zievning jangi muddatidan oldin kutilmagan natija bilan yakunlandi

20.06.2021 03:00    


Rasmni yuklab olish

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev AQSHda faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko'tarildi. 

12 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda yakuniga etdi. Rosado raund o'rtasida o'ng qo'lidagi kuchli zarbasi bilan Bektemirni ringga qulatdi. Afsuski, ushbu vaziyatda referi jangni to'xtatdi va Rosadoning g'alabasini qayd etdi. 

Qayd etish lozimki, 1-raundda Bektemir raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurgandi. Umuman, nokautgacha Bektemir jangni o'z foydasiga hal qilayotgandi. Birgina omadsiz zarba hamyurtimizga qimmatga tushdi. 

SHu tariqa, Bektemir prof boksdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Navbatdagi janglarda Meliqo'zievga omad tilab qolamiz. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: