Bektemir anjumanda raqib va jang haqidagi rejalar haqida fikr bildirdi:
“To'g'ri, men u qadar ko'p gapirishni istamayman. Rosadoni sportchi sifatida hurmat qilaman. Menga kim bilan jang qilib, qanday g'alaba qozonishimning farqi yo'q. Men avval ham aytganman, jamoadoshim, do'stim Dmitriy Bivoldan tashqari uch vazn toifasida har qanday bokschi bilan jang qilishga tayyorman.
Albatta, ringda jang qilishni yaxshi ko'raman. Jang bir raundmi, 12 raundmi menga ahamiyati yo'q. Rosado meni nokaut qilishga vada beribdi. Men unday vadalar bermayman. Ishonchli va chiroyli g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, - dedi “Bek Bully” Meliqo'ziev.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"