SportUz.Net

UFC on ESPN 25. Oqshom ishtirokchilari taroziga chiqdi. "Zombi" va uning raqibi bir xil vazn ko'rsatdi

19.06.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Bugun UFC on ESPN 25 turniri ishtirokchilari ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida Koreyalik Zombi nomi bilan mashhur CHon CHxan Son hamda Den Ige o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi bir xil - 66,2 kg vazn qayd etishdi. 

Turnirning ko-meynivent jangida esa og'ir  vazn vakillari - rossiyalik Aleksey Oleynik hamda ukrainalik Sergey Spivak oktagonda o'zaro to'qnash keladi. Oleynik 103,4, uning raqibi esa 109,8 kg tosh bosdi.  

Asosiy kard

CHon CHxan Son (66,2 kg) vs. Den Ige (66,2 kg);

Aleksey Oleynik (103,4 kg) vs. Sergey Spivak (109,8 kg);

Marlon Vera (61,7 kg) vs. Devi Grant (61,5 kg);

Yulian Erosa (66 kg) vs. Sengvu CHoy (66,2 kg);

Vellington Tyurman (84,1 kg) vs. Brunu Silva (84,4 kg);

Mett Braun (77,3 kg) vs. Diego Lima (77,6 kg).


Prelium kard

Aleksa Kemur (92,8 kg) vs. Nikola Negumereanu (93,2 kg);

Kanako Murata (51,9 kg) vs. Virna Jandiroba (52,2 kg);

Xaos Villyams (76,7 kg) vs. Mettyu SHemmelsberger (77,1 kg);

Djosh Parisyan (120,7 kg) vs. Roke Martines (113 kg);

Yoakim Silva (70,1 kg) vs. Rikki Glen (70,8 kg);

Kesi O'Nil (56,9 kg) vs. Lara Prokopo (57,2 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: