SportUz.Net
photo photo

"Usman revanshdan qochish uchun o'zga sayyoraliklar kelishini kutmoqda"

17.06.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Kolbi Kovington chempion Kamaru Usman bilan revanshi nega haligacha elon qilinmaganiga izoh berdi.

"Biz haliyam kutyapmiz. Usman omadsiz Masvidalni mag'lub etganidan so'ng qochib qoldi. Hozir u telefonini o'chirib qo'yib, UFC`ning qo'ng'iroqlariga javob bermayapti. Kamaru shartnoma imzolashni xohlamayapti. Menimcha, Kamaru Usman revanshdan qochish uchun o'zga sayyoraliklar kelishini kutmoqda. Ammo, bunday bo'lmaydi. Jang albatta o'tkaziladi.

U hozir"Ona Afrikasida" yuribdi. Usman, biz seni Dallasda tug'ilib, Nebraskadagi kollejga borganingni juda yaxshi bilamiz. Qo'ysangchi bunday gaplarni. Men seni birinchi jangning uchta raundida mag'lub etgandim. SHunchaki, o'shanda sening hech narsaga arzimaydigan hayotingni referi asrab qolgan edi", - dedi Kolbi Kovington.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: