
Yarim engil vazn toifasida o'tgan jangda kubalik Yadier Del Valle amerikalik Ayzek Dulgarianni muddatidan oldin mag'lub etgandi. Yadier birinchi raundning to'rtinchi daqiqasidayoq Dolgarianni ortdan bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Ayzekning shubhali jangi tanqidlarga uchradi. Xususan, shou studiyasida sharh bergan Maykl Keza jangchining darajasini havaskor deb atadi. Amerikalik janggacha sezilarli favorit hisoblangan, ammo aynan jang oldidan uning birinchi raundda muddatidan oldin mag'lub bo'lishiga tikilgan pullar ko'payib ketgan. Bu uning g'alaba qozonish imkoniyatini 73 foizdan 61 foizga keskin pasaytirgandi.
SHu bilan birga, bazi bukmekerlik idoralari hatto "shubhali faollik" bahonasida odamlarga pullarini qaytarib berdi. Kecha esa Dulgarian jangni topshirganlikda gumon qilinib, dunyoning eng kuchli ligasidan haydaldi. Hozircha UFC jang sotilganlik bo'yicha rasmiy tasdiq berganicha yo'q.

"Menga hurmatsizlik qilma!" Ngannu - Jeyk Polning Devisni almashtirish taklifi haqida
Getji Peddi Pimbletga undan oldin chempionlik jangi berilsa, UFC’dan ketishga vada berdi