SportUz.Net
iks
ads

Ali Abdel-Aziz: "Ankalaevdan jangga chiqmaslikni iltimos qilgandim"

04.11.2025 10:33    


Rasmni yuklab olish

Magomed Ankalaevning menejeri Ali Abdel-Aziz yarim og'ir vazn toifasida endilikda sobiq UFC chempionini bu jangdan qaytarishga uringan.

Abdel-Aziz Aleks Pereyraga qarshi chempionlik revansh jangidan oldin uning mijozida qanday muammolar yuzaga kelgani haqida gapirdi.

"Ankalaev bu jang oldidan deyarli qirq kun mashg'ulot o'tkazmadi. U Dog'istondan qovurg'alari shikastlangan holda kelgan va atigi uchta sparring o'tkazgandi. Har safar sparringni to'xtatishimiz kerak edi va UFC buni bilardi. Unga ukol qilishdi, kortizon yuborishdi.

SHu qirq kun ichida u faqat yugurdi, arg'amchida sakradi, oyoqlarida ishladi va jismoniy mashqlar bilan shug'ullandi. U sparringlar o'tkazmadi, kurashmadi va men UFC jangni kechiktirishiga umid qilgandim. Men undan jangga chiqmaslikni iltimos qildim, lekin u menga quloq solmadi", - dedi Abdel-Aziz Submission radiosiga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: