
Pol engil vaznda mag'lubiyatsiz kelayotgan WBA-Super chempioni Jervonta Devisga qarshi jangi bekor bo'lganidan keyin o'ziga yangi raqib izlashga tushdi. Og'ir vazn toifasi WBO reytingida 14-o'rinni egallab turgan Jeyk Pol kamerunlik 39 yoshli Ngannuga ham taklif jo'natdi.
"Ular Jervonta Devisdan Frensis Ngannuga qanday o'tishgan bo'lishi mumkin? Bu bemanilik-ku! Men juda dovdirab qoldim. Yo'q, og'ayni. Menga bunday hurmatsizlik qilma. Bu jang men uchun qiziq emas", - deya Ngannuning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Happy Punch akkaunti.

"Menga hurmatsizlik qilma!" Ngannu - Jeyk Polning Devisni almashtirish taklifi haqida