SportUz.Net
iks
ads

Carukyan - Maxachev bilan birinchi jang haqida: "Balki o'sha paytda g'alaba qozonganimda, kibrga berilib ketardim"

04.11.2025 18:42    


Rasmni yuklab olish

Arman Carukyan Islam Maxachev bilan bo'lib o'tgan ilk jangi haqida gapirdi.

— Keling, faoliyatingizda jiddiy rol o'ynagan inson haqida gaplashamiz. Bu — Islam Maxachev. U bilan siz birinchi marta UFC’da to'qnashgansiz. O'sha jangni hozir qanday eslaysiz, u sizga qanday muhim saboq bergan?

— Ha, muhim saboqlar... Eng muhimi — revansh olib, g'alaba qozonish motivaciyasini berdi. Mana shu men uchun asosiy saboq bo'ldi. Balki o'sha paytda yutganimda, o'zimga ishonib, kibrga berilib ketib, keyingi janglarni yutqazardim.

Men o'shanda juda ishtiyoqli edim, ko'p mashq qilardim. Yanvar oyida revansh bo'lishi kerak edi, lekin belimni jiddiy jarohatlab oldim va jangga chiqa olmadim. Endi ko'ramiz, Maxachev qancha davom etadi.

Agar men yanvar–fevralda UFC chempioni bo'lsam, u esa 77 kg vaznda chempionlikni olsa, ehtimol, "super-jang" ham tashkil qilish mumkin bo'lar, – dedi UFC engil vazn toifasidagi jangchi Arman Carukyan.

Eslatib o'tamiz, Carukyan va Islam Maxachev o'rtasidagi jang 2019 yil aprel oyida Sankt-Peterburgdagi UFC turnirida bo'lib o'tgan. Maxachev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: