SportUz.Net
logo

photo photo

MMA: O'zbekistonlik sportchi Almatida jang qiladi

16.06.2021 16:40    


Rasmni yuklab olish

Mazkur EFC musobaqasini jahon chempioni Xabib Nurmagomedov bevosita kuzatib boradi.

Ertadan keyin 18 iyunda Qozog'istonning Almati shahridagi “Almaty Arena” sport majmuasida aralash jang bo'yicha o'tkaziladigan EFC 37 xalqaro turnirida 13 ta juftlik oktagonga ko'tariladi, deya xabar tarqatdi Vesti.kz sayti.

Etiborlisi, Almati turnirda hamyurtimiz Dadaxon Xasanov ham g'oliblik uchun jang olib boradi. Hamyurtimiz ushbu jangda tojikistonlik Radjabali Fayzidiniy bilan g'oliblik uchun kurashadi.

Mazkur musobaqaning o'ziga xos jihatlaridan yana biri, musobaqalarni bevosita kuzatish uchun Almatiga aralash jang bo'yicha engilmas jahon chempioni Xabib Nurmagomedov ham tashrif byuradi.

Qozog'istondagi internet tarmoqlarining xabar berishicha, 18 iyundagi aralash janglarni bevosita sport majmuada ko'rish uchun muxlislar o'rtasida Nurmagomedov nomidan maxsus biletlar tanlovi elon qilindi. 

Almati oktagonidagi asosiy janglar rossiyalik sport faxriysi SHamil Zavurov va braziliyalik RikardoTirloni o'rtasida kechadi.


EFC 37 xalqaro turnirining to'liq kardi quyidagi ko'rinishni olgan:

1. Vitaliy Radionov (Qozog'ston) - SHamil Magomedov (Rossiya);

2. Dmitriy Mixaylidi (Rossiya) - Ramin Sultanov (Ozarbayjon);

3. Axubeg Omarov (Rossiya) - BaymuratSaytiev (Qirg'iziston);

4. Jora Ayvazyan (Rossiya) - JirgalbekEmilbekov (Qirg'iziston);

5. SHaxban Alxasov (Rossiya) - Yuriy Ermolenko (Rossiya);

6. Dadaxon Xasanov (O'zbekiston) - Radjabali Fayzidini (Tojikiston);

7. Diyar Nurgojay (Qozog'iston) - Vadim Litvin (Belarus);

8. Isatay Temirov (Qozog'iston) - Denis Izmodenov (Rossiya);

9. Sanjar Adilov (Qozog'iston) - Ilmiyamin Djavadov (Rossiya);

10. Tyago Bonifacio (Braziliya) - Valeriy Gricutin (Rossiya);

11. Mixail Malyutin (Rossiya) - Umidjon Musaev (Tojikiston);

12. JasulanAkimjan (Qozog'iston) - Roman Avdal (Rossiya);

13. SHamil Zavurov (Rossiya) - RikardoTirloni (Braziliya).


To'lqin RO'ZIEV



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: