SportUz.Net

Isroil Madrimov sabab Terens Krouford va Eddi Xirn "jang"ga kirishdi

07.08.2024 11:18    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik bokschi Terens Krouford "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn bilan Instagram sahifasida tortishib qoldi.

Dastlab, Krouford Xirnning jang yakunidagi holati aks etgan suratni joylab, "nima xato bo'ldi?" deya savol berdi.

Eddi Xirn esa bunga quyidagicha javob qaytardi:

"Madrimov seni tun bo'yi o'ng qo'li bilan qanchalik oson urganidan hayratda edim".

SHundan so'ng, Krouford Eddi Xirnni "masxaraboz" deya atab, uning biznesini ushlab turgani uchun Turki Al SHayhga minnatdorchilik bildirishi kerak ekanini yozdi.

Malumot uchun, Eddi Xirn rahbarlik qiluvchi "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliev va SHahram G'iyosov kabi o'zbekistonlik bokschilar bilan hamkorlik qiladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: