Eslatib o'tamiz, avvalroq Joshuaning navbatdagi raqibi WBO yo'nalishida majburiy davogar bo'lgan Usik bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
"Usikka ulkan salom, u yaxshi yigit, yaxshi bokschi. Ukrainaning barcha yigitlariga salom, hammasi - slavyanlar. Usik - Joshua jangini tomosha qilaman. Albatta, men Usikka muxlislik qilaman. Kim g'alaba qozonishini bilmayman, lekin Usik g'olib bo'lishiga umid qilaman.
Entoni yaxshi bokschi, ammo men baribir Usikni qo'llab-quvvatlayman. SHunday qilib, men hozir aslida boksni ko'rmayapman, lekin baribir o'zimiznikiga muxlis bo'lib tomosha qilaman deb o'ylayman", - dedi Povetkin o'zining Instagramidagi jonli efirda.