SportUz.Net
logo

photo photo

Professional boks: Toshkentda “sherlar” jangi

12.06.2021 23:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 12 iyun kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi BO'SM sport majmuasida vazn o'lchash, ko'z urishtirish marosimlari o'tkazildi.

Asosiy professional boks janglari ertaga CHilonzor tumanidagi “Tosh kuch” sport majmusida bo'lib o'tadi.

Toshkent shahridagi “Uz boxing” va “Ruslan-boxing” sport klublari tomonidan o'tkazilayotgan mazkur boks musobaqasida 6 ta juftlik janglari bo'lib o'tadi. 

Etiborli jihati, professional boks musobaqalarining ushbu reyting janglarida bir qator yosh va iqtidorli sportchilar o'zlarining ilk bahslarini o'tkazishadi. Boks kechasining asosiy bahsi 66.7 kg vaznda toshkentlik Azim Yusupov va farg'onalik Dilmurod Usmonov ishtirokida bo'lib o'tadi. A. Yusupov o'z vaqtida havaskor boksda bir necha xalqaro turnilrlar g'olibi, Toshkent shahar chempioni hisoblanadi. Proofessional boksdagi faoliyati mobaynida 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga (nokaut bilan) erishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: