SportUz.Net
photo photo

Bilasizmi? Kecha SHohjahon SHahramga tegishli bo'lgan kamarning norasmiysini ringga olib chiqdi

12.06.2021 14:40    


Rasmni yuklab olish

Kecha Ergashevning jamoasi ringga WBA Intercontinental kamarini ko'tarib chiqdi.

Aslida bu kamar rasmiy maqomini yo'qotgan. SHohjahon ushbu kamarni 2018 yil 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi jangda qo'lga kiritgan edi. Biroq 3 oydan ortiq vaqt davomida kamar uchun himoya jangi o'tkazmaganligi tufayli 2019 yilning yanvar oyida kamar vakant qoldirilgan. Kamar nusxasi Ergashevda saqlanib qolgan.

Ayni paytda WBA Intercontenintal kamari SHahram G'iyosovga tegishli. SHahram ushbu titulni amerikalik Emmanuel Teylor bilan jangda qo'lga kiritgan.

Undan tashqari, kechagi jang Salimu Jengoga tegishli bo'lgan EBP kamari uchun ham bo'lgani yo'q. Bunga "Salita Promotions" bilan sud jarayonlari atrofidagi muammolar sabab qilib ko'rsatilayotgani haqida bloger Jalol Ahmedov xabar bermoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: