SportUz.Net
photo photo

UFC. Ulanbekovning amerikalik Nem bilan jangi bekor qilindi

11.06.2021 19:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik jangchi Tagir Ulanbekov va amerikalik Tayson Nem o'rtasidagi jang bekor qilindi.

Mazkur to'qnashuv 19 iyundan 20 iyunga o'tar kechasi bo'lib o'tishi kerak edi. Ulanbekov sog'lig'idagi muammolar haqida xabar berdi.

"Sizga shuni malum qilmoqchimanki, uchinchi marta sog'lig'imdagi muammolar tufayli jangga chiqa olmayman. Men yaxshi formada edim, qattiq tayyorlandim, ammo og'ir shaklda davom etgan gaymoritga chalindim va bu meni mashg'ulotlardan butunlay chiqarib yubordi.

Bir hafta davomida antibiotiklar qabul qilishimimga to'g'ri keldi, endi men asta-sekin tiklanayapman!

Umid qilamanki, bu yil men oktogonga chiqib, sizni xursand qilaman!" - deb yozdi Ulanbekov o'zining Instagram sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: