SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt Fransis Ngannuning gonarar masalasidagi shikoyatiga javob berdi

10.06.2021 19:20    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Fransis Ngannuning Floyd Meyvezer va Logan Pol o'rtasidagi jangdagi gonararlari nega UFC jangchilarinikidan sezilarli ravishda balandligi haqidagi shikoyatga o'z izohini bildirdi.

Ngannu shunday tvit qoldirgandi: "Hozirgina bloger birgina jangidan 20 million dollar ishlab oldi. Biz nimani noto'g'ri qilyapmiz?"

"Yutuberlar jang qilishni boshlashdi. Atrofdagi hamma aqldan ozgan. Men nimani noto'g'ri qilyapman deyapti. Hammasi oddiy: 12 yosh bo'lgan payting Yutub kanal ochish kerak edi. SHunda sen juda ham mashhur inson bo'lgan bo'larding va Floyd bilan boks tusharding", -dedi Dana Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: