SportUz.Net
photo photo

Bugun Konor Makgregorning sparring sherigi Bahromjon Ro'ziev Qozog'istonda jang qiladi

26.04.2024 08:19    


Rasmni yuklab olish

Bugun Qozog'istonning Almati shahrida MMA bo'yicha Octagon 59 turniri o'tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bahromjon Ro'ziev ham oktagonga chiqadi. Unga qozog'istonlik Bakmerey Marks raqiblik qiladi. U prof faoliyati davomida 4 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.

Malumot uchun, Bahromjon Ro'ziev ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning sparring sherigi hisoblanadi. Almatidagi turnir bizning vaqt bilan soat 17:00 da start oladi. Janglarni YouTube'dagi Naiza TV kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: