SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov: "Men Spens emasman. Bu mening divizionim"

24.04.2024 22:57    


Rasmni yuklab olish

Bokschimiz Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jang anonsiga bag'ishlangan matbuot anjumanida dastlabki fikrlarni bildirdi.

-Ushbu jangni qabul qilish oldidan qandaydir shubhalar bo'ldimi?

-Men bu erda ekanligimdan xursandman. Men professional faoliyatimni boshlaganimda, kuchli jangchilar bilan to'qnash kelishni istagandim. Nihoyat jang o'tkaziladi. 

Men P4P etakchisi Terens Kroufordga qarshi jang qilaman. 3 avgust kuni jangga tayyor bo'laman. 

Men aynan shu uchun jang qilaman. Men bu xabarni eshitganimda juda xursand bo'ldim. 


-U imkoniyatlar 50/50 baholangan joyda Spensni osonlik bilan mag'lub etgandi. Bu jangdan nimalar kutyapsiz?

Men Errol Spens emasman, Isroil Madrimovman. Bu mening divizionim. Men buni uddalay olaman", - dedi Madrimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: