SportUz.Net
photo photo

Xirn jamoasiga qo'shilgan Ennisning navbatdagi raqibi malum bo'ldi. U Qudratillo Abduqahhorovning sobiq raqibi bilan jang qiladi

24.04.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq, yarim o'rta vazn toifasida amerikalik professional bokschi Jeyron Ennis (31-0-0) Eddi Xirnning Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasiga qo'shilgani haqida xabar bergan edik.

Ko'p vaqt o'tmasdan, Ennisning yangi raqibi elon qilindi.

Jeyron Matrchoom bilan hamkorlikdagi ilk jangini kanadalik bokschi Kodi Krouliga (22-0-0) qarshi o'tkazadi. Jang sanasi va manzili tez orada rasman elon qilinishi aytilgan.

Malumot uchun, Krouli 2021 yil 11 dekabr kuni hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov bilan jang qilib, hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi. Bu bokschimizning prof ringdagi 18 ta g'alabasidan keyingi ilk mag'lubiyati bo'lgandi.

Ilgariroq, Eddi Xirnning Jeyron Ennis va Terens Krouford ehtimoliy jangi haqida aytgan fikrlarini malum qilgan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: