SportUz.Net
photo photo

Toni Fergyusonning UFC'dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi malum! U Makgregor - CHendler oqshomida qaytishi mumkin

24.04.2024 11:38    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Toni Fergyusonning navbatdagi jangi bo'yicha OAVda malumotlar paydo bo'ldi.

Tonining 29 iyun kuni Las-Vegas (AQSH) shahridagi "T-Mobile Arena" majmuasida tashkil etiladigan UFC 303 turniri doirasida oktagonga chiqishi aytilmoqda. Fergyusonga o'sha kuni yana bir faxriy jangchi - Nik Dias raqiblik qiladi. Jang 5 raund etib belgilanadi.

Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson o'zining so'nggi jangini 2023 yil dekabr oyida angliyalik Peddi Pimblettga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan. Bu jang Toni va Nik uchun o'zaro ikkinchi to'qnashuv bo'ladi.

Malumot uchun, UFC 303 turnirining markaziy jangi ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda Maykl CHendler o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: