SportUz.Net
photo photo

Olovli kard yig'ilyapti. Tim Czyu ham ham Madrimov - Krouford oqshomida ringga chiqadi

24.04.2024 11:19    


Rasmni yuklab olish

3 avgust kuni o'tkazilishi kutilayotgan Isroil Madrimov va mutlaq jahon chempioni Terens Krouford oqshomining kardi shakllantirilmoqda.

Insayder Mayk Koppinjerning ESPN nashriga tayanib, xabar berishicha, oqshom doirasida super yarim o'rta vazn toifasida WBO sobiq chempioni, avstraliyalik Tim Czyu ringga chiqishi mumkin. Unga o'sha kuni amerikalik Verjil Ortis raqiblik qilishi mumkin. Mazkur jang tashkil qilinishi uchun Ortis ushbu hafta oxirida Tomas Dulormega qarshi bo'lib o'tadigan jangida jarohatsiz g'alabaga erishishi lozim.

SHuningdek, Koppinjer Czyu-Ortis jangi Krouford-Madrimov oqshomining bir qismi bo'lishini malum qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: