Faqat belgilangan vazn meyorini qila olmagani uchun chempionlik kamari o'z egasi - Devin Xeynida qoldi. Rayan Garsiyaning o'zi g'alabali jangi uchun taxminan 50 million AQSH dollari gonorar olganini aytdi.
"Ellik million dollar atrofida, balki undan ham ko'proq – bir kecha uchun yomon natija emas, to'g'rimi? Xudo bu pullarni qaerga va qanday sarflashimda o'zi yo'l ko'rsatsin", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Garsiya.
Bokschining takidlashicha, 50 million dollardan 12 millionini u o'zining g'alabasiga pul tikib yutib olgan. Garsiya jangidan oldin o'z g'alabasi uchun totalizatorga ikki million dollar pul tikkandi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi