Uchta vazn toifasida jahon chempioni bo'lib ulgurgan Terensning ishtahasi ochilgan. Bu Madrimov uchun katta chaqiriq va shu bilan birga yaxshigina imkoniyat. Kecha ESPN nashri tomonidan ushbu jangning 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida o'tkazilishi aytilgandi.
Bugun tarqatilgan xabarlarga tayanadigan bo'lsak, amerikalik 36 yoshli Terens Krouford hamda 29 yashar Isroil Madrimov o'rtasidagi jang kelayotgan chorshanba kuni, 24 aprel kuni Nyu-York shahrida o'tkaziladigan matbuot anjumanida elon qilinadi.