
Musobaqada prelim kardning navbatdagi jangi yakunlandi.
Unda engil vazn toifasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi, Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni Elnur Abduraimov Meksika vakili Karlos Ornelasga qarshi ringga chiqdi.
6 raundlik jang to'liq davom etdi. Unda hakamlarning yakdil qarori bilan Elnur Abduraimov g'alaba qozondi.
Bu oqshom doirasidagi to'rtinchi jang bo'ldi. Avvalroq, Aloxon Abdullaev, Iqboljon Xoldarov va Mujibillo Tursunov o'z janglarida zafar quchgan edi.
Bugun Toshkentda prof boks oqshomi o'tkaziladi. Markaziy jangda Erkebulan Toktar ringga chiqadi
Ankalaevning menejeri: "Pereyra Magomed bilan uchinchi jangni istamayapti, ammo biz..."