Oqshomning markaziy jangida 26 yoshli avstraliyalik bokschi, sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyuning o'g'li Nikita Czyu ringga chiqadi. Unga o'sha kuni italiyalik Danilo Kreati raqiblik qiladi.
Nikita professional faoliyati davomida sakkizta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Kreati esa to'qqizta jangda ringga chiqib, sakkiz g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida Nikitaning akasi Tim Czyu Sebastyan Fundoraga qarshi jangda mag'lub bo'lib, WBO kamaridan ayrilgan edi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"