SportUz.Net
photo photo

UFC rossiyalik aralash yakkakurash ustalari o'rtasidagi qiziqarli jangni elon qildi

28.03.2024 15:19    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 22 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri UFC turniriga mezbonlik qiladi.

Promoushen tomonidan yana bir qiziqarli jang tasdiqlandi. Og'ir vazn toifasidagi rossiyalik aralash yakkakurash ustalari Sergey Pavlovich va Aleksandr Volkov UFC on ABC 6 turnirida o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Bu xabarni shaxsan UFC rahbari Dana Uayt elon qildi. 

SHu bilan birga Dana Uayt Aleksandr "Drago" Volkovning keyingi raqibi braziliyalik Jailton Almeyda bo'lishi haqidagi xabarlarni inkor etdi. 35 yoshli Aleksandr Volkov 3 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Jairzino Rozenstrayk va Aleksandr Romanovni nokautga uchratdi, Tai Tuivasani esa bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi.

31 yoshli Sergey Pavlovich o'tgan yilning noyabr oyida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechgan jangning 69-soniyasidayoq britaniyalik Tom Aspinallga nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Unga qadar esa rossiyalik yakkakurash ustasi 6 ta jangining barchasida raqiblarini birinchi raundning o'zida nokaut qilib kelayotgandi. 

Ayni paytda Sergey Pavlovich UFC og'ir vaznlilar reytingida uchinchi, Aleksandr Volkov esa oltinchi o'rinni egallab turibdi. Saudiya Arabistonidagi ushbu oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaev va Robert Uittaker o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jang g'olibi chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: