SportUz.Net
photo photo

Yaxshi yangilik: UFC video-o'yinida ilk bor o'zbekistonlik jangchi paydo bo'lishi mumkin

28.03.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, hafta yakunida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev ligadagi ikkinchi jangini o'tkazadi.

Hamyurtimiz jang oldidan Atlantik-Sitiga etib bordi va turnirning rasmiy media tadbirlarida ishtirok etishni boshladi.

Etiborlisi, Ro'ziboev tadbirlar davomida "EA Sports" o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniya jamoasining suratga olish jarayonida ham ishtirok etdi. Bu haqda Nursultonning jamoadoshi, yana bir o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bobir Tagiev xabar berdi.

Malumot uchun, Ro'ziboevga yakshanba tongida o'tadigan turnirda amerikalik Sedrik Dyuma raqiblik qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: