SportUz.Net
photo photo

Boks. Toshkent viloyati hokimi sovrini kimga nasib etadi?

03.06.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

CHirchiqda Respublika bokschilari 10 ta vaznda Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun jang olib borishmoqda.

Bugun CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida boks bo'yicha Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun respublika musobaqasi start oldi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning 130 nafarga yaqin mahoratli sportchilari -49, -52, -57, -60, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kilogramm vazn toifalarida g'oliblik uchun kurashishmoqda. 

-Davlatimiz rahbariining “O'zbekistonda boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida iqtidorli bokschilarni saralash uchun selekcion turnirlar tashkil etish, yoshlarni boks sport turiga keng jalb qilish belgilangan.  SHu manoda, o'tkazilayotgan mazkur musobaqa Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya etadigan sportchilarni kamolga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Toshkent viloyati boks federaciyasi raisi Ozod Xasanov.

Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun o'tkazilayotgan turnirning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati va O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Musobaqalar 5 iyungacha davom etadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: