SportUz.Net

Merab Dvalishvili Anatoliy Malixindan qarzini talab qilmoqda

05.03.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

UFC eng engil vazn toifasi reytingida 1-o'rinni egallab turgan Merab Dvalishvili rossiyalik Anatoliy Malixinning natijasini beetibor qoldirmadi.

Malixin kuni kecha aralash yakkakurash tarixida bir vaqtning o'zida uchta yo'nalishda chempionlik kamarini qo'lga kiritgan ilk jangchiga aylangan edi. Merab Anatoliyga qarzini eslatib qo'ydi. 

"Vau, Anatoliy Malixin – uchtalik chempion! Lekin haqiqiy erkak qarzlarini to'lab qo'yadi. 2022 yilda sen bilan 50 000 dollarga garov bog'lagandik. O'shanda sen yutqazib qo'yib, menga bor yo'g'i 11 000 dollar berganding. Erkak bo'l va uzun tiling bergan vadani pul bilan isbotlab qo'y. Men senga etarlicha vaqt berdim. Zudlik bilan 39 000 dollarlik qarzingni to'lab qo'y!", - dedi gruziyalik jangchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, shanba oqshomida Anatoliy Malixin ONE ligasidagi o'zining uchinchi vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. U og'ir, yarim og'ir va o'rta vazn toifalari chempioni hisoblanadi. Malixin Merabga Petr Yan - Aljameyn Sterling jangi bo'yicha bog'langan garovda yutqazgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: